Линклар

"Turkiston-press" milliy axborot agentligi xabariga ko‘ra, Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar yaxshi o‘sish dinamikasiga ega.

Bu haqda agentlik Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Bo‘riboy Jeksembinga iqtibosan ma’lum qildi.

Qozog‘istonlik diplomat so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston O‘zbekistonning eng yirik uchta savdo sheriklaridan biridir.

2015 yilning dastlabki to‘qqiz oyi yakunlariga ko‘ra, ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo aylanmasi 2,2 milliardni tashkil etdi, deya ta’kidladi Qozog‘iston elchisi.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi diplomatik aloqalar 23 yil muqaddam o‘rnatilgan edi.

Ikki mamlakat o‘rtasida abadiy do‘stlik va strategik sheriklik shartnomalari imzolangan.

XS
SM
MD
LG