Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 12:41

Rossiya Ozod Suriya Armiyasiga qurol-yaroq etkazib berayotganini tasdiqladi


Rossiya Qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov Moskva Ozod Suriya Armiyasiga qurol-yaroq va o‘q-dori etkazib berayotganini tasdiqladi.

Ozod Suriya Armiyasi prezident Bashar Asad rejimiga qarshi jang qilayotgan isyonchi guruhlardan biridir.

Ammo, hozir ular hukumat kuchlari bilan birga Rossiyada faoliyati taqiqlangan "Islomiy davlat" guruhiga qarshi jang qilishmoqda, dedi Gerasimov.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ozod Suriya Armiyasiga harbiy yordam berilayotganini bildirgandi.

Ammo, keyinchalik prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu xabarni rad etgandi.

Rossiya Qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimovning aytishicha, Ozod Suriya Armiyasi safida bo‘lgan 5 ming jangchi hukumat kuchlari bilan birga Xo‘ms, Xama, Halab va Raqqa viloyatlarida "Islomiy davlat" guruhiga qarshi jang qilmoqda.

Rossiya armiyasi ular dastagida kuniga 30-40 havo hujumlarini amalga oshirmoqda, deya ilova qildi Valeriy Gerasimov.

XS
SM
MD
LG