Линклар

Шошилинч хабар
27 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:34

Rossiya Bosh prokurori: Navalniy filmi ortida "AQSh xufiya xizmatlari" turibdi


Rossiya Bosh prokurori Yuriy Chayka Kreml tanqidchisiga aylangan g‘arblik yirik sarmoyador va “AQSh xufiya xizmatlari”ni rus muxolifati tomonidan tayyorlangan hujjatli film ortda turganlikda aybladi.

Rus muxolifati liderlaridan biri Aleksey Navalniy o‘z filmida Yuriy Chayka va uning oilasini korrupsiyada ayblagan.

Yuriy Chayka “Kommersant” gazetasida 14 dekabrda nashr etilgan maktubida Hermitage Capital vaqfining asoschisi, asli amerikalik Britaniya fuqarosi Uilliam Brovder va “uning ortida turgan xufiya xizmatlar” shu oy boshida internetga qo‘yilgan filmni chiqarishga topshiriq berganiga “umuman shubha qilmasligi”ni yozgan.

Film Chaykaning ikki o‘g‘lini Rossiya hukumati rasmiylari yordami bilan va otasining himoyasi ostida yirik boylik to‘plaganlikda ayblaydi.

Chayka filmni “Bosh prokuraturani yomon otliq qilish" maqsadida chiqarilgan "qora piar aksiyasi", deb atagan.

Aleksey Navalniy esa Rossiya rasmiylari Brovderni tanlaganidan "juda xafa” bo‘lganini bildirdi.

U Chaykani iste’foga chiqish va qonun oldida javob berishni talab qildi.

Brovder Rossiyada 2013 yilda soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashda ayblanib, sirtdan to‘qqiz yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

XS
SM
MD
LG