Линклар

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri 15 dekabr kuni Moskvada Rossiya prezidenti Vladimir Putin uchrashadi. Bu ma’lumotni Kreml matbuot xizmati tasdiqladi.

Putin bilan uchrashishdan avval Jon Kerrining Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan alohida uchrashuv o‘tkazishi rejalangan.

11 dekabr kuni Oq uy Rossiyaning yuqori lavozimli mulozimlari bilan mo‘ljallanayotgan muzokaralar haqida ma’lum qilgandi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Lavrov va Kerri telefon orqali suhbatlashib, islomiy terror guruhlari ro‘yxatini tuzishni oxiriga yetkazish haqida kelishib olganlar.

AQSh va Rossiya tashqi ishlar vazirlari prezident Bashar Assad va mo‘tadil muxolifat vakillari ziddiyatga barham berish yuzasidan yangi uchrashuv o‘tkazguniga qadar Suriya masalasi bo‘yicha avval erishilgan bitimlarni joriy qilish zarurligi haqida konsensusga kelganlari ham aytilmoqda.

XS
SM
MD
LG