Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 20:21

Obama IDga qarshi kurash aktivlashishini bildirdi


AQSh prezidenti Barak Obama dushanba kuni Pentagonda qilgan chiqishida “Islomiy davlat” ekstremistik guruhi jangarilari Iroq va Suriyada egallab olgan katta hududlar ustidan nazoratni yo‘qotganini bildirdi.

Ayni paytda Obama ID jangarilariga qarshi kurash masalasini yanada ilgari surish kechiktirib bo‘lmas qadamlar talab qilishini qayd etdi.

Kecha jurnalistlar oldida chiqish qilgan Obama AQSh mudofaa vaziri Eshton Karterga IDga qarshi kurash olib borayotgan xalqaro koalitsiya ishtirokchilari bu ishga ko‘proq harbiy hissa qo‘shishini ta’minlash maqsadida Yaqin Sharqqa jo‘nashni topshirganini aytdi.

14 dekabr kuni Pentagonda bo‘lib o‘tgan AQSh Milliy xavfsizlik kengashi majlisi Qo‘shma Shtatlarning xorijda va mamlakat ichida ID jangarilari va ularning tarafdorlariga qarshi kurash strategiyasini izohlashga bag‘ishlandi.

Majlisdan so‘ng Obama jurnalistlarga AQSh strategiyasi jangarilar liderlarini ta’qib qilish, boshqa mamlakatlardagi xavfsizlik kuchlarini tayyorgarlikdan o‘tkazish hamda IDni moliyalashtirish va tashviq qilish yo‘llarini yopishdan iborat bo‘lishini bildirdi.

XS
SM
MD
LG