Линклар

logo-print

Evropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlar elchilarining 21 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan kengashida EIning Rossiyaga qarshi kiritgan sanksiyalari muddatini yana yarim yilga uzaytirish mo‘ljallanmoqda. Bu haqda Ozodlikka Evropa Ittifoqining yuqori lavozimli mulozimlaridan biri ma’lum qildi.

Shu tariqa Rossiyaning moliyaviy, neft va harbiy sektorlari hamda alohida fuqarolariga qarshi kiritilgan jazo choralari 2016 yilning 31 iyuligacha o‘z kuchida qolishi mumkin.

Evropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi jazo choralari muddatini uzaytirish masalasini 14 dekabr kungi chiqishida Germaniya kantsleri Angela Merkel ham qo‘llagan.

Merkel mazkur sanksiyalar Minsk bitimi to‘la amalga oshirilganidan keyingina olib tashlanishini ta’kidlagan.

Evropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalari Moskva tomonidan Qrim yarimorolining noqonuniy ravishda anneksiya qilinishi hamda Ukraina sharqidagi rossiyaparast ayirmachilar dastaklanishiga javoban ilk bor 2014 yil sentyabrida kiritilgandi. Bu sanksiyalar muddati 2016 yilning 21 yanvarida tugashi kerak edi.

XS
SM
MD
LG