Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:10

VimpelCom aksiyalari NASDAQ 100 indeksidan tushirildi


NASDAQ birjasi O‘zbekistonda Beeline brendi ostida faoliyat qilayotgan Vimpelcom uyali telefon operatori aksiyalarini NASDAQ 100 indeksidan olib tashlashga qaror qilgan.

Bunga shirkatining kapitallashuvi tushib ketishi sabab sifatida keltirilmoqda.

Shirkat aksiyalarining tushib ketishi esa AQSh va Hollandiya tergov idoralari taftish qilayotgan “O‘zbek ishi” deya ataluvchi korruptsiya mojarosi bilan bog‘liqligi aytiladi.

Vimpelcom 220 milliondan ortiq mijozga xizmat qiluvchi dunyodagi yettinchi yirik telekom shirkati hisoblanadi.

Uning asosiy hissadorlari rossiyalik milliarder Mixail Fridmanga tegishli Alfa grupp hamda Norvegiyaning Telenor kompaniyalaridir.

Telenor shirkati Vimpelcom-dagi 33 foizlik ulush uchun 15 milliard Norvegiya kronasi (taxminan 1,8 milliard AQSh dollari to‘lagan).

Hisob-kitoblarga ko‘ra, bu ulushning bugungi bozor narxi 20 milliard norveg kronasiga (taxminan 2,4 milliard AQSh dollari) tengdir.

Vimpelcom O‘zbekiston bozoriga 2005 yilda kirib kelgan edi.

Vimpelcom o‘tgan oyda O‘zbekistondagi faoliyati bilan bog‘liq ravishda o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan sud jarayonlari uchun 900 million dollar mablag‘ni zahirada ushlab turish haqida qaror chiqarishi ortidan uni aksiyalari tushib ketgan edi.

XS
SM
MD
LG