Линклар

Шошилинч хабар
11 май 2024, Тошкент вақти: 02:21

Moskvaga borgan AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Sergey Lavrov bilan uchrashdi


Moskvaga safar qilayotgan AQSh Davlat kotibi Jon Kerri hamkasbi Sergey Lavrov bilan uchrashdi. Kun davomida uning Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvi kutilmoqda.

Rossiya rasmiylari bilan uchrashuv oldidan Jon Kerri Suriyadagi fuqarolik urushi va Ukraina sharqida tinchlikka erishishga oid muzokaralarda real yutuqlarga erishishga umid bildirdi.

11 dekabr kuni Oq uy Rossiyaning yuqori lavozimli mulozimlari bilan mo‘ljallanayotgan muzokaralar haqida ma’lum qilgandi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Moskva uchrashuvlari oldidan Lavrov va Kerri telefon orqali suhbatlashib, islomiy terror guruhlari ro‘yxatini tuzishni oxiriga yetkazishga kelishgan.

AQSh va Rossiya tashqi ishlar vazirlari prezident Bashar Assad va mo‘’tadil muxolifat vakillari ziddiyatga barham berish yuzasidan yangi uchrashuv o‘tkazguniga qadar Suriya masalasi bo‘yicha avval erishilgan bitimlarni joriy qilish zarurligi haqida murosaga kelgani xabar qilingan.

XS
SM
MD
LG