Линклар

logo-print

Ozodlikka murojaat qilgan baxmallik Anvar Boymirov¸ “Lasetti” olaman deb samarqandlik firibgar guruh qo‘liga tushib¸ qariyb 10 ming dollaridan ajragani¸ bu voqea yuzasidan Samarqand Ichki ishlar boshqarmasi tergovchilari nomiga jinoiy ish ochib¸ jinoyatchilarni jazolashni paysalga solayotganidan shikoyat qildi.

Bor mol-holini sotib¸ “Lasetti” mashinasi sotib olish uchun Samarqand mashina bozoriga borgan Anvar Boymirov¸ shaharda tanilgan firibgar guruhi qo‘liga tushgan.

Boymirov hikoyasiga ko‘ra¸ qariyb 10 ming dollarni sanab olgan dallol¸ mashinani yangi egasi nomiga rasmiylashtirishni ertasiga va’da qilib¸ juftakni rostlaydi.

Qo‘lida vaqtinchalik ishonchnoma bilan qolgan Boymirovdan¸ 9 oy o‘tib¸ bu mashina tortib olinadi.

Samarqand markazida xotini nomida do‘koni bor bu firibgar shaxs¸ shu ketgancha uch yildan beri O‘zbekiston huquqbonlari radariga tushmay kelmoqda¸taxminimcha¸ mening arizam bo‘yicha jinoiy ochgan tergovchilar¸ aslida bu odamni qo‘lga olishdan manfaatdor emasga o‘xshaydi”¸ deydi Boymirov.

Qaramog‘imizdagi hamma qoramolni sotib¸ mashina olishga havas qilgan o‘g‘lim¸ bu firibgarlikka chidolmay ikki marta o‘zini osdi¸ zo‘rg‘a saqlab qoldik. Ham pul¸ ham mashinasiz qolganimizdan keyin bormagan yerimiz qolmadi. Lekin O‘zbekistonda odamlarni qaqshatayotgan firibgarlarni kimligi¸ qaerda yashashini bila turib¸ jazolamas ekanlar”¸ OzodMikrofonga dardini to‘kkan deydi Boymirov.

Anvar Boymirov hikoyasi:

XS
SM
MD
LG