Линклар

logo-print

BMTning urush jinoyatlari bo‘yicha mahkamasi - Gaaga sudida Slobodan Miloshevich rejimiga xizmat qilgan sobiq serb mulozimlaridan ikki nafari ishini qayta ko‘rishga qaror qilindi.

15 dekabr kungi mahkamada 1990 yillardagi Bolqon urushida sodir etilgan jinoyatga aloqadorligi gumon qilingan va 2013 yilgi mahkamada oqlangan Jovika Stanisis va Franki Simatovich ishini qayta ko‘rib chiqishga qaror qilindi.

Stanisis Miloshevich davrida Serbiya xavfsizlik xizmati rahbari bo‘lgan. 1998 yilda Miloshevich uni ishdan bo‘shatib, o‘rniga Simatovichni tayinlagan.

Prokurorlar bu ikkovlon 1992-1995 yillar oralig‘ida rejim xavfsizlik xizmati va armiyasi tomonidan sodir etilgan jinoyatlarda hal qiluvchi mulozimlardan bo‘lganini gumon qilmoqda.

Sobiq mulozimlar, xususan Xorvatiya va Bosniya-Gertsogovinada etnik serblarga qarshi qatliomni uyushtirishda gumon qilinmoqda.

XS
SM
MD
LG