Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:23

Eronda cho‘chqa grippidan o‘lganlar soni 57 nafarga yetdi


Eron Sog‘liqni saqlash vazirligi tarqatgan bayonotda aytilishicha, so‘nggi 5 kun ichida yana 15 kishi cho‘chqa grippidan vafot etgani qayd etilgan.

Mamlakat bo‘ylab bunday virusni yuqtirganlar soni esa 900 nafarga yetdi.

Vazirlik bergan ma’lumotga ko‘ra, 15 dekabrga kelib kasallikdan o‘lganlar soni 57 kishiga etgan. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, kasallik ko‘proq mamlakatning janubi-sharqi - Kerman va Siston-Balujiston viloyatlarida kuchaymoqda.

Dunyoda cho‘chqa grippi pandemiyasi 2009 yilda kuzatilgan. Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti dunyo bo‘ylab 18 yarim ming kishi o‘lganini qayd etgan.

XS
SM
MD
LG