Линклар

O‘zbekiston prezidentligiga saylovlarda qatnashmoqchi bo‘lgan nomzodlar yig‘ishi lozim bo‘lgan imzolar soni qariyb 1 milliontadan 200 mingtaga qadar tushirilishi mumkin.

Podrobno.uz saytining xabar qilishicha, parlament quyi palatasi O‘zbekistonda prezident sayloviga oid yana bir necha o‘zgarishlar nazarda tutilgan qonun loyihasini tayyorlagan.

Mazkur loyiha 2016 yilning boshida deputatlar muhokamasiga qo‘yilishi aytilmoqda.

Hozirda mavjud qonunchilikka ko‘ra, prezident bo‘laman, degan nomzodlar O‘zbekistonda ro‘yxatga olingan saylovchilar umumiy sonining 5 foizi miqdorida (1 million dona atrofida) imzo yig‘ishi kerak.

Bu o‘zgarish EXHTning O‘zbekistondagi saylovlar kuzatuvidan so‘ng bergan tavsiyasi asosida mamlakat qonunchiligiga kiritilayotgani ham qayd etildi.

Yangi qonun loyihasida, bundan tashqari prezidentlik sayloviga bir kun qolganda targ‘ibot kampaniyasini to‘xtatish nazarda tutilgan. Bunday tartib O‘zbekistonda faqat parlament saylovlariga oiddir.

XS
SM
MD
LG