Линклар

logo-print

15 dekabr kuni Los-Anjelesdagi barcha davlat maktablar yopib qo‘yildi. Bunga maktab kengashi a’zosining elektron pochta orqali San-Bernardino shahridagiga o‘xshash hujumlar takrorlanishiga oid xavotir uyg‘otgan tahdidli maktub olgani sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Qaror ortidan minglab o‘quv yurtlari yopildi va 640 mingdan ziyod o‘quvchi vaqtincha maktabga kelmay turadigan bo‘ldi. Maktablar faoliyatini to‘xtatib qo‘yish ehtiyot chorasi ekanini bildirgan rasmiylar xavf-xatar mohiyatini ochiqlamayaptilar.

Nyu-York ma’muriyati ham shunga o‘xshash xat olganini, biroq uni bir o‘yin, deb malakalaganini ma’lum qildi. Nьyu-York politsiyasi komissari Uilyam Bratton Los-Andjeles rasmiylari masalaga haddan ziyod keskin yondoshganini bildirdi. Komissarga ko‘ra, xat muallifi o‘zining islomiy ekstremist ekanini ta’kidlagan, biroq xatda bezorilarga xos bo‘lgan bir necha xatoga yo‘l qo‘ygan. Nyu-York meri Bill de Blezio ham o‘quvchilar uchun hech qanaqa xavf-xatar yo‘qligiga mutlaq ishonch bildirgan.

XS
SM
MD
LG