Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:10

Pentagon: Afg‘onistonda xavfsizlik vaziyat yomonlashib bormoqda


Joriy yilning ikkinchi yarmida Afg‘onistonda xavfsizlik darajasi keskin tushib ketgan. Bu haqda AQSh Mudofaa vazirligi tomonidan tayyorlangan yangi hisobotda aytiladi.

Pentagon vakillariga ko‘ra, Afg‘onistonda jangarilar tobora ayovsizroq hujumlarni uyushtirmoqda, mamlakat xavfsizlik xizmatlari esa borgan sari jiddiyroq talafotlar bermoqda. Hisobotda Afg‘oniston kuch ishlatar tuzilmalari samaradorligi “notekis va aralash” bo‘lgani qayd etiladi.

2015 yil 1 yanvaridan 15 noyabrigacha kishilik talafoti o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 27 foizga oshgan.

Afg‘onistondagi AQSh va NATO qo‘shinlari qo‘mondoni Jon Kempbell Assoshieyted Press agentligiga “Islomiy davlat” terror tashkilotiga bay’at berayotgan jangarilar soni to‘xtovsiz ortib borayotganini ma’lum qilgan. Kempbellga ko‘ra, ID ekstremistlari Afg‘oniston sharqidagi Jalolobod shahrida mintaqaviy baza barpo etishga urinmoqdalar, ularga Suriya va Iroqdan “xorijlik jangarilar” kelib qo‘shilishda davom etmoqda.

XS
SM
MD
LG