Линклар

Vashington “Islomiy davlat” guruhini yo‘q qilish uchun Moskva bilan hamkorlik qilishga tayyor. AQSh Davlat kotibi Jon Kerri seshanba kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashganidan keyin ana shunday bayonot berdi.

Kerri Rossiyaning yuqori lavozimli rasmiylari bilan uchrashuv chog‘ida Nyu-Yorkda o‘tkazilajak tinchlik muzokaralariga taklif qilinadigan muxolifat guruhlari bo‘yicha hamjihatlikka erishilgani, bu guruhlar orasida “Islomiy davlat” jangarilari ham, “Al-Qoida”ga aloqador Jabhat an-Nusra a’zolari ham bo‘lmasligini bildirdi.

AQSh Davlat kotibi Putin bilan Suriyada aksilterror amaliyotlari o‘tkaziladigan joylar haqida axborot almashish imkoniyatini ham muhokama qilganini ma’lum qildi.

Ayni paytda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov “Islomiy davlat” guruhiga qarshi kurash uchun 34 mamlakat ishtirokida tuzilgan koalitsiya bo‘yicha Saudiya Arabistonidan tafsilotlar kutayotganini bildirdi.

XS
SM
MD
LG