Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:52

Osiyo taraqqiyot banki 87 km yo‘lga beton yotqizish uchun O‘zbekistonga $150 mln. ajratdi


Osiyo taraqqiyot banki (OTB) direktorlar kengashi O‘zbekiston milliy avtomobil magistralining bir qismini qurish uchun O‘zbekiston hukumatiga 150 mln. dollar hajmida kredit ajratish taklifini ma’qulladi.

OTBning rasmiy saytiga ko‘ra, ajratilajak mablag‘ A-380 (“G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beynov”) avtomobil yo‘lining 87 kilometrli qismi asfalt qoplamini beton qoplamga aylantirishga sarflanadi.

Ajratilayotgan 150 mln. dollar OTB 2011 yil sentyabrida tasdiqlagan 500 mln. dollarli moliyalash dasturi doirasidagi uchinchi va so‘nggi transhdir.

OTBning 130 va 220 dollarli dastlabki ikki transhi 2011-2012 yillarda A-373 (“Toshkent-Andijon”) avtomobil yo‘li qismlarini rekonstruksiyalash uchun berilgan.

XS
SM
MD
LG