Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 17:19

O‘zbekistonda musodara qilingan 6 000 000 000 so‘mlik dori aholiga sotiladi


Mamlakat hududiga kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan 6 mlrd. so‘mlik dorini “Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasi sotuvga chiqarajagi to‘g‘risida podrobno.uz sayti xabar qildi.

Saytga ko‘ra, joriy yilda musodara qilingan dorilar Toshkent shahri va bir necha viloyatda sotuvga chiqariladi. Dorilarni O‘zbekistonga noqonuniy olib kirgan kompaniya nomi ochiqlanmadi.

Aytilishicha, musodara qilingan dorilarni aholiga sotish va tushgan pulni davlat hisobiga o‘tkazish to‘g‘risida sud qarori mavjud.

Podrobno.uz agentligining “Dori-darmon”dagi manbasining aytishicha, sotuvga faqat sifatlidorilar chiqariladi, yaroqlilik muhlati o‘tib ketganlari yo‘q qilinadi.

XS
SM
MD
LG