Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:10

Har 10 rossiyalikdan 6 nafari televizorga ishonmaydi


“Levada-sentr” tadqiqot markazi o‘tkazgan so‘rov natijalariga qaraganda, televidenie yangiliklariga ishonuvchi rossiyaliklar soni so‘nggi bir yarim yilda 9 %ga ozaygan va shu kunda 41 %ni tashkil qilmoqda.

2009 yili teleyangiliklarga ishonuvchilar soni qariyb ikki marta ko‘p – 79 % edi.

“Levada-sentr” 20-23 noyabr kunlari o‘tkazgan so‘rov televidenie rossiyaliklar uchun asosiy axborot manbai bo‘lib qolayotganini ko‘rsatgan. “Dunyo va mamlakat yangiliklari”ni so‘rovda qatnashgan respondentlarning 85 foizi TVdan biladi. Rossiyaliklarning 21 foizi yangiliklarni Internetdan bilishi ma’lum bo‘lgan.

Ukrainaga qarashli Qrimni Rossiya bosib olganidan so‘ng bu mamlakatning asosiy telekanallari Kremlning propaganda vositasiga aylantirilgan.

XS
SM
MD
LG