Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 12:15

AQSh mudofaa vaziri Eshton Karter bugun Bag‘dodga keldi


Oldindan e’lon qilinmagan mazkur safari chog‘ida Pentagon rahbari Eshton Karter “Islomiy davlat” ekstremistik guruhiga qarshi harbiy amaliyotlarni kuchaytirish yo‘llarini AQShning Iroqdagi kuchlari qo‘mondonligi bilan muhokama qilajagi xabar qilindi.

Yaqin Sharqqa safari arafasida Karter IShIDga qarshi harbiy kampaniyada faolroq ishtirok etishga ittifoqchilarni da’vat qilish niyati borligini bildirgan edi.

Vashington Iroqqa o‘z qurolli kuchlarining xos bo‘linmalarini, harbiy masalahatchilarini hamda Iroq armiyasining Ramadidagi hujumlariga madad sifatida harbiy vertolyotlarni e’lon qilgan edi.

“Islomiy davlat”ning qurolli guruhlari Iroq va Suriyaga qarashli kattagina hududni nazorat qilmoqda.

XS
SM
MD
LG