Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:02

Qozog‘iston mustaqilligi kunida ikki Dekabr qurbonlari xotirlandi


16 dekabr – Qozog‘iston mustaqilligi kunida mamlakat poytaxti Astana shahrida fuqarolik jamiyati faollari 2011 yilgi Janio‘zen voqealari hamda 1986 yilgi dekabr voqealarining qurbonlari hurmatiga xotira aksiyasi o‘tkazdi.

Aksiya ishtirokchilari “Atameken” memorial majmuida o‘rnatilgan davlat bayrog‘i ostiga gullar qo‘ydi, Janio‘zen va Olmaotada bo‘lib o‘tgan fojealar qurbonlari haqiga qur’on tilovat qildi.

Politsiya aksiyani kuzatib turish bilan cheklandi.

1986 yilning 16 dekabrida Moskva Qozog‘istonning birinchi rahbari Dinmuxammad Kunayev ishdan olib uning o‘rniga Gennadiy Kolbin tayinlagan edi.
Bundan norozi bo‘lgan talabalar shu kuni kechqurun hukumat binosi oldiga to‘plangan, 17 dekabr kuni kechqurun namoyish qatnashchilariga qarshi kuch qo‘llanilgan edi.

2011 yilning 16 dekabrida esa, Mang‘ishloq viloyatidagi Janio‘zen shahrida neftchilarning bir necha oyga cho‘zilgan ish tashlashi o‘qotar qurol bilan bostirilgan, 16 kishi nobud bo‘lib, 100 dan ortiq kishi yaralangan edi.

XS
SM
MD
LG