Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 02:28

Turkiya urib tushirilgan rus uchog‘i uchun tovon to‘lamoqchi emas


Anqara o‘tgan oy Suriya-Turkiya chegarasida turk harbiy-havo kuchlari tomonidan urib tushirilgan rus harbiy uchog‘i uchun Moskvaga hech qanaqa tovon puli to‘lamoqchi emas. Bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Tanju Bilgich ma’lum qildi.

Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksey Meshkov Turkiyani harbiy uchoq uchun tovon to‘lashga chaqirgandi.

Rossiyaning Su-24 bombardimonchi uchog‘i 24 noyabr kuni, Anqara rasmiylariga ko‘ra, ogohlantirishlarga qaramay Turkiya havo hududini buzgani uchun urib tushirilgandi.

Moskva o‘z uchog‘i Suriya hududini tark etmaganini iddao qilmoqda.

Rus uchog‘i urib tushirilishi ortidan Moskva Turkiyaga qarshi qator iqtisodiy sanksiyalarni joriy qilgan.

XS
SM
MD
LG