Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:28

Jizzaxdagi qishloq davlatdan 2 mlrd.123 mln. so‘m qarz


Jizzax tumani, “Ziyokor” qishloq fuqarolar yig‘ini (QFY) hududida yashovchi aholining elektr quvvati uchun qarzi joriy yilning 1 noyabrigacha 2 mlrd. 123 mln. so‘mga etgani Ozodlikka Jizzax viloyat prokuraturasi xatidan ma’lum bo‘ldi.

Prokuratura xati ismi sir qolishini so‘ragan ziyokorlikning tuman elektr tarmoqlari ustidan shikoyatiga javoban yozilgan.

2015 yil, 25 noyabr kuni yozilgan va viloyat prokurori o‘rinbosari Sh. I. Achilov imzolagan xat mazmunidan shikoyatchi arzi qondrilmasligi u yashaydigan qishloq ahlining qarzi katta ekanligi va shuning uchun tuman Elektr tarmoqlari ko‘rayotgan choralar to‘g‘ri ekanligi bilan tushuntirilgan. Xat mazmuni bilan quyidagi ilova orqali tanishishingiz mumkin:

Jizzax Viloyat prokuraturasi telefonini ko‘targan xodim Sh. I. Achilov degan prokuror o‘rinbosari borligini tasdiqladi.

Janob Achilov nima uchun shikoyatchining arizasi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazmadi, nima uchun elektr quvvati uchun qarzi yo‘q fuqaro qarzini to‘lamayotgan qishloqdoshlari uchun javob berishi kerak?

Bu savollarimizni berish uchun prokuror o‘rinbosari bilan bog‘lana olmadik.

Bizni bitta qishloqning qarzi 2 milliard 123 million so‘mga yetib ketgani qiziqtirdi.

Bitta xonadon bir yilda necha pullik elektr ishlatadi?

Ismi aytilmasligini so‘ragan ziyokorlikning aytishicha, u joriy yilning 1 yanvaridan buyon 250 ming so‘mlik elektr quvvati ishlatgan. Lekin shu davr ichida elektr tarmoqlariga 450 ming so‘m to‘lagan. Bu qadar aniq raqamlar aytayotgani sababini so‘raganmizda u kuni kecha elektr tarmoqlariga borib, hisob-kitob qilib kelgani va korxona talabi bilan yana 100 ming to‘lab kelganini aytib berdi. Shu pulni qo‘shganda 450 ming so‘m bo‘lgan.

2 123 000 000 so‘mni necha kishi to‘lashi kerak?

Ziyokorlik o‘zi yashaydigan qishloq fuqarolar yig‘ini hududida qancha aholi borligini aytolmadi.

Bu savolga Jizzax tuman hokimligi telefonini ko‘targan xodim ham javob berolmadi.

Biroq ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur tumanda 180 ming 700 kishi yashaydi. Shu tumandagi boshqa bir qishloq fuqarolar yig‘inida 22 ming kishi yashashini o‘sha yerlik Alijon Kamolovdan so‘rab bilgan edik.

Shuning uchun Ziyokorda 20 ming kishi yashaydi, deb olamiz va 2 milliard 123 million so‘mlik qarzni 20 mingga bo‘lamiz. Natija 106 ming 150 so‘m.

Demak, har bir ziyokorlik zimmasida taxminan 106 ming 150 so‘m qarz mavjud.

Agar har bir oilada 5 kishi yashaydi, desak, bitta xonadonning o‘rtacha qarzi 530 ming so‘mning ustida bo‘lib chiqadi!

Shunday bo‘lishi mumkinmi?

Bu savolni “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasining Jizzax viloyatidagi inspektorlaridan biridan iltimos qildik.

O‘zidan o‘zi ko‘payaveradigan qarz

Inspektor ismi aytilmasligi sharti bilan savollarimizga javob berarkan, bunday dedi:

- 500 ming, 1,5 mln. so‘m qarzi bor xonadonlar bor. Qarzi yo‘q xonadonlar ham bor. Qarzi 7,5 millionga chiqib ketganlar ham bor. Bundaylar yillar davomida to‘lamay kelgan va ularning qarzi ustiga penya mingan. Qonunda elektr energiyasi uchun to‘lovlar vaqtida amalga oshirilmagani uchun 245-qarorga asosan o‘z vaqtida to‘lanmagan mablag‘ga 10% penya yuklanadi. Penya har oyda qo‘shiladi. Debitor qarzlar ichida o‘sha penya ham bor. Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 1 noyabrdagi 511 sonli qaroriga binoan iste’molchilar elektr haqini oldindan to‘lab qo‘yishi kerak. Limitning 50%ini. Bu ham debitor qarz bo‘lib turadi. Misol uchun, iste’molchining qarzi 100 so‘m bo‘lishi mumkin. Lekin u imzolagan shartnomada elektr energiyasi limiti 100 so‘mlik. Demak, bu summaning 50 so‘mini oldindan to‘lashi kerak. Lekin shu pulni oldindan to‘lamasa, u ham qarz bo‘lib yoziladi. Shunday qilib, iste’molchining qarzi 150 so‘mga aylanib qoladi. Bundan tashqari, elektr energiyasi tarifi o‘zgarsa, to‘lanmay kelayotgan qarz yangi tarif bilan hisob-kitob qilinadi va natijada qarz yana ortib ketadi. Xullas, judayam murakkab, dedi “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasining Jizzax viloyatidagi inspektorlaridan biri.

Kilosi necha pul?

Joriy yil 1 oktyabridan buyon aholiga sotiladigan elektr energiyasi narxi joriy (1kilovatti) 167 so‘m 40 tiyin.

Elektr plitalari o‘rnatilgan ko‘p qavatli uylarda yashaydiganlar esa, 1 kVt energiya uchun 83 so‘m 40 tiyin to‘laydi.

Joriy yilda elektr energiyasi tarifi ikki marta oshirildi.​

Ha¸ aytgancha

Jizzax viloyati prokurori o‘rinbosarining javob xati nusxasini jo‘natgan ziyokorlikning Ozodlikka yozishicha, u prokuraturaga Ziyokor qishlog‘iga elektr quvvati sutkasiga 12 soatdangina berilayotganidan shikoyat qilgan edi.

XS
SM
MD
LG