Линклар

Шошилинч хабар
27 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:06

OVIR rasmiysi: "Eski pasportlarning 14 kunlik umri qoldi"


O‘zbekistonda nobiometrik pasportlar muddati uzaytirilmasligi va pasport olmaganlarga jarima solinishi haqidagi ogohlantirishlardan so‘ng pasport bo‘limlari oldida turnaqator navbatlar paydo bo‘ldi. Biometrik pasport berish jarayonini bir yilga uzaytirish bo‘yicha prezidentga kiritilgan taklifning javobi hozircha noma’lum.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan fotosuratlarda eski pasportlarni biometriklariga almashtirish muhlati tugab borayotganidan vahimaga tushgan fuqarolar pasport stollariga yoprilgani va tiqilinch yuzaga kelganini ko‘rish mumkin.

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish bosharmasi rasmiylari yil oxirigacha eski pasportini yangi biometrik pasportga almashtirishga ulgurmaganlar jarimaga tortilishi haqida ogohlantirmoqda:

- Prezidentning farmoni bor, uni hech kim bekor qilgani yo‘q. Shu farmonga muvofiq eski pasportlar yilni oxirigacha amalda bo‘ladi. Ulgurmaganlar jarimaga tortiladi, - dedi Toshkentning Mirobod tumani Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi rasmiysi.

Lekin OVIR rasmiylari yangi pasport olishga ulgurmaganlar qancha miqdorda va qanday qonuniy asosda jarimaga tortilishini aytib bera olishmayapti.

Ayni paytda aholi orasida eski pasportlar muddati yana bir yilga uzaytirilishi va bu haqdagi taklif mamlakat prezidentiga kiritilgani haqida gap-so‘zlar ham bor.

Lekin pasport bo‘limlari rasmiylari nobiometrik pasportlar muddatining uzaytirilishi haqidagi xabarlarni inkor qilishmoqda.

- Eski pasportlarni 14 kunlik umr qoldi. Odamlar bir kunda kelib bir kunda yangi pasportga hujjatlarni rasmiylashtirib ketishmoqda. 31 dekabrgacha ulgursa bo‘ladi. O‘zi aslida biometrik pasport berila boshlaganiga besh yil bo‘lyapti. Eski pasportlar 2015 yil oxirigacha amal qilishi besh yil oldin aytilgan. Shuncha vaqt berildi. Kutib o‘tirmasdan vaqtida olish kerak edi, - deydi Samarqand shahar Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi rasmiysi.

Ayni paytda xorijda yashayotgan o‘zbekistonliklar ham eski pasportlarini yangisiga almashtirish uchun O‘zbekiston konsulxonalariga murojaat eta boshlagan.

Elchixona rasmiylari esa ro‘yxatdan o‘tmagan fuqarolar O‘zbekistonga borib olishlari kerakligini aytishmoqda.

- Bizda ro‘yxatdan o‘tganlarga, talabalar yoki rasman elchixonadan ro‘yxatdan o‘tib ishlayotganlarga pasportni beramiz. Ro‘yxatdan o‘tmaganlar O‘zbekistonga borib olishadi. Eski pasportlar muddati shu yil oxirida tugaydi, - dedi O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi rasmiylaridan biri.

Ayni paytda pasportni olishga ulgurmaganlar hukumatni ayblashmoqda.

- Pasport vaqtida berilmagani bizni aybimiz emasku. Ataylab cho‘zishdi. Oylab kutganlar bo‘ldi. Hozir pasportni vaqtida olmading deb, bizni ayblashayapti. Belgilangan vaqtida bersa hamma oladi pasportni, - deydi xorazmlik Azamat.

XS
SM
MD
LG