Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:08

Rossiya terrorchilarga aloqadorlikda ayblangan o‘zbekistonlikni Toshkentga topshirmoqchi


Rossiya Bosh prokuraturasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Afg‘oniston va Pokistonda faoliyat yurituvchi terrorchilarga yordam berganlikda gumonlanayotgan Shahobiddin O‘rinov O‘zbekistonga topshiriladi.

30 yoshli bu yigit O‘zbekistonda terrorchilikni moliyalashtirganlikda ayblangani aytilmoqda.

Rossiya Bosh prokuraturasiga ko‘ra, O‘rinov 2009 yili O‘zbekistonda “Tablig‘chilar” diniy-ekstremistik oqimiga a’zo bo‘lganlik, 2012 yil martida esa faoliyati Rossiyada taqiqlangan “Turkiston islomiy partiyasi”ga qo‘shilganlikda ayblanmoqda.

Rossiyalik tartib posbonlari qaydicha, Moskvada yurgan bu odam 2012 yil oktyabrigacha Afg‘oniston va Pokistonda yashirin faoliyat yurituvchi “Turkiston islomiy partiyasi”ni dastaklash uchun pul yiqqan va o‘ziga tarafdorlar to‘plagan.

XS
SM
MD
LG