Линклар

Ukraina Ichki ishlar vaziri Arsen Avakov Odessa viloyati gubernatori Mixail Saakashvili ustidan sudga da’vo arizasi kiritdi.

Bu haqda 1+1 telekanali orqali ma’lum qilgan Avakovga ko‘ra, Ukraina Bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk ham Saakashvili ustidan sudga ariza topshirgan.

14 dekabr kuni Ukraina Milliy kengashi yig‘ilishida Avakov bilan Saakashvili o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqib, ular bir-birini korrupsiyada ayblashdi. Vazir Avakov gubernator Saakashviliga suv to‘la stakanni otib yubordi.

Saakashvili yig‘ilishdan so‘ng o‘tkazilgan brifingda ham Avakov va Yatsenyukni korrupsiyaviy sхemalarga aloqadorlikda aybladi.

XS
SM
MD
LG