Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 17:01

YeI chegarada nazoratni kuchaytirish uchun maxsus blok tashkil qiladi


Yevropa Ittifoqi liderlari ittifoqqa a’zo davlatlar chegaralarini quruqlik va dengiz orqali nazorat qiladigan maxsus kuchlardan iborat blokni tashkil qilishni tezlashtirishga kelishib oldi.

Mazkur qaror jumaga o‘tar kechasi Bryusselda o‘tgan sammitda qabul qilindi. Loyiha yangi yilning o‘rtasida batafsil muhokama qilinadi.

Joriy yilda Yevropa davlatlariga kelayotgan qochqinlar oqimining keskin ko‘payishi ortidan chegarada nazoratni kuchaytirish masalasi o‘rtaga chiqdi.

Yil boshidan beri Suriya, Afg‘oniston va Pokistondan qochgan bir miliondan ziyod qochqin Yevropa davlatlariga kelgani aytilayapti.

29 noyabr kuni Turkiya rahbariyati YeI bilan 3 milliard AQSh dollari miqdoridagi moliyaviy yordam evaziga qochqinlar oqimini toraytirish to‘g‘risidagi kelishuvga erishdi

XS
SM
MD
LG