Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:07

AQSh rasmiylari Eronga nisbatan sanksiyalarning bir qismi yanvar oyidayoq bekor qilinishi mumkinligini aytmoqda


Qo‘shma Shtatlar Eronga qarshi qator sanksiyalarni bekor qilish yo‘lida yana bir qadam olg‘a siljidi. AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Senatning xorijiy ishlar bo‘yicha qo‘mitasiga yozgan xatida Tehron o‘z majburiyatlarini “shaffof va tekshirish mumkin bo‘lgan yo‘sinda” bajarayotganini qayd etdi.

Qo‘mita a’zolaridan biri, senator Ben Kardin, agar Eron talablarga rioya qilsa, o‘ziga nisbatan sanksiyalarning bir qismi yanvar oyidayoq olib tashlanishiga umid qilsa bo‘lishini bildirdi. Avvalroq prezident Barak Obama ma’muriyati sanksiyalarni olib tashlash bo‘yicha jarayon bahordan erta boshlanmasligini taxmin qilgandi.

Joriy yil iyulida Eron va jahondagi olti yetakchi davlat Tehron yadroviy dasturini jilovlash bo‘yicha kelishuvga erishgandi. Yadroviy dasturi tinch maqsadlarni ko‘zlashini ta’kidlagan Eron o‘ziga nisbatan kiritilmish sanksiyalarni qadam-baqadam olib tashlanishi evaziga bu dasturni cheklashga rozi bo‘lgan.

Sanksiyalar olib tashlansa, Eron avval muzlatilgan milliardlab dollarlik mablag‘idan iste’foda etish va jahon bozorida bemalol neft sotish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

XS
SM
MD
LG