Линклар

Uzbekistan GTL shirkati Qashqadaryo viloyatida sintetik yonilg‘i ishlab chiqaradigan zavod qurish uchun 2015 yilda ham mablag‘ topa olmadi.

Sputnik nashrining hukumatdagi manbaga tayanib xabar qilishicha, xorijiy investorlar va banklar ushbu loyihaga unchalik qiziqish bildirmagani uchun zavod qurilishi joriy yilda ham boshlanmagan.

Zavod qurilishi dastlab 2014 yilga belgilangandi, keyinchalik qurilish 2015 yilining to‘rtinchi choragiga ko‘chirildi va qurilish 2017 yilda tugatilishi ma’lum qilingandi.

Yangi zavod ishga tushganida yiliga 3,5 milliard kub metr gazni qayta ishlash va 864 ming tonna dizel yonilg‘isi, 304 ming tonna aviakerosin, 395 ming tonna neft va 11,2 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi.

Hozirda zavod loyihasini ixchamlashtirish ustida ishlanayotgani aytilmoqda.

2009 yil noyabrida “O‘zbekneftegaz” milliy xolding kompaniyasi Malayziyaning Petronas va Janubiy Afrika Respublikasining Sasol shirkatlari bilan Qashqadaryo viloyatida sintetik yoqilg‘i ishlab chiqaradigan zavod qurish uchun “Uzbekistan GTL” qo‘shma korxonasi tashkil etish haqida kelishuv imzolagan.

XS
SM
MD
LG