Линклар

Toshkent shahar hokimligi poytaxtliklarga yangi yilni uyda nishonlashni taklif qilib, aksar restoran va kafelar 31 dekabr kuni yopilishidan ogohlantirdi.

Sputnik nashriga ko‘ra, hokimlik rasmiylari ushbu taqiq faqat ozg‘aki buyruq asosida berilganini ta’kidlashgan.

Samarqandda ham 31 dekabr kuni shahardagi restoran, kafe va barlar ishlamaydi. Boshqa kunlari esa bayramni soat 23 gacha tugatish va ko‘ngilochar tadbirlar uchun 400 dan ortiq odam taklif qilmasligi tavsiya qilingan.

Samarqand viloyat hokimi yangi yil bayramlarida odam ko‘p to‘planadigan joylarda ichki ishlar xodimlari va jamoatchilik vakillaridan iborat navbatchi guruhlar tuzishni buyurgan.

O‘zbekistonda ommaviy tadbirlar o‘tkazishni cheklash an’anasi bir necha yillardan buyon davom etib keladi.

Jumladan, O‘zbekiston maktablarida ham bitiruv kechalarini restoran va kafelarda o‘tqazish taqiqlangan.

Joriy yilda musulmonlar uchun muqaddas bo‘lgan Ramazon oyida ham restoran va kafelarda iftorlik o‘tkazish taqiqlandi.

XS
SM
MD
LG