Линклар

Tojikiston parlamenti "Tinchlik va milliy birlik asoschisi – “millat peshvosi” to‘g‘risida"gi qonun loyihasini ma’qulladi.

Endilikda qonun loyihasi Senat tasdig‘idan o‘tgach uni prezident Imomali Rahmon imzolaganidan so‘ng kuchga kiradi va Rahmon Millat Peshvosiga aylanadi.

16 moddadan iborat ushbu qonun “millat peshvosi” daxlsizligini kafolatlanaydi va uning barcha sarf-harajatlarini umrbod davlat byudjeti hisobidan bo‘lishini ta’minlaydi.

Prezidentga hokimiyatdan ketgandan so‘ng katta vakolat berib¸ u va oila-a’zolari daxlsizligini kafolatlash haqidagi qonun Markaziy Osiyoda yangi hodisa emas.

Qozoq parlamenti 2000 yilda “Qozog‘iston Respublikasi birinchi prezidenti to‘g‘risida” konstitutsion qonun qabul qilgan va Nursulton Nazarboyevning nafaqat hokimiyatdaligi¸ balki prezidentlikdan ketganidan so‘ng ham mutlaq daxlsizligi va bu daxlsizlik uning oila-a’zolariga ham birdek taalluqli ekanini kafolatlagan edi.

2003 yilda Oliy Majlis “O‘zbekiston Respublikasi prezidenti faoliyatining asosiy kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilish orqali Islom Karimovning hokimiyatdan ketganidan so‘ng umrbod Senat a’zosi bo‘lishi va uning daxlsizligini kafolatlagan edi.

XS
SM
MD
LG