Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:59

Sirdaryo viloyatida yuz bergan avtohalokatda 7 kishi nobud bo‘ldi


Shu yilning 17 dekabr kuni Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida yuz bergan avtohalokatda 17 odam halok bo‘ldi va yana 11 kishi og‘ir jarohat oldi.

Hodisani Sirdaryo viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining navbatchilik qismi tasdiqladi.

Boshqarma navbatchisining Ozodlikka ma’lum qilishicha, Guliston shahridagi “Lola” tikuv fabrikasiga qarashli Isuzu avtobusi haydovchining "tajribasizligi" tufayli ag‘darilgan.

"Avtobus haydovchining tajribasizligi tufayli ag‘darilib ketgan va xo‘jalik hududida oqib o‘tuvchi zovurga qulagan. Ikki ayolning jasadi voqea joyidan ancha pastdan topilgan. Suvda oqib ketgan ekan. Hozir ishni prokuratura olgan, GAI halokat chizmalari va ekspertiza dalolatnomalarini taqdim qildi," deydi Sirdaryo viloyati IIB YHX boshqarmasi navbatchisi.

Gulistondagi “Lola” fabrikasi ishchilariga ko‘ra, haydovchi yigit jamoat transporti boshqaruvida tajribasiz bo‘lgan.

17 dekabr kuni soat 19:30 larda sodir bo‘lgan mazkur hodisadan so‘ng korxonaning 15 nafarga yaqin ishchisi Respublika Shoshilinch Tez Tibbiy Yordam Markazining Guliston shahar filialiga yotqizilgan.

"Hozir GUVD korxonamizni ham tekshir-tekshir qilyapti. Ammo avtohalokatning korxonaga aloqasi yo‘q. Aksincha, yo‘llar talabga javob bermaydi. Shu boisdan ham keyingi oylarda o‘sha yo'llarda bir necha avariyalar sodir bo‘ldi. Bizni tekshirishgandan ko‘ra yo‘lsozlar faoliyatini taftish qilishsa bo‘larmidi," deydi "Lola" fabrikasi ishchilaridan biri.

Mazkur hodisa yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 3-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi tergovini olib borayotgan Boyovut tumani prokuraturasi “Ozodlik”ning voqea borasidagi so‘rovlarini javobsiz qoldirdi.

O‘zbekistonda yo‘l-transport hodisalari tufayli yetkazilgan zarar miqdori, rasmiy raqamlarga ko‘ra, mamlakat yalpi ichki mahsulotining 2,8 foizini tashkil etadi.

XS
SM
MD
LG