Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:18

AQSh: Iroqdagi janglarda 200 nafarga yaqin jangari o‘ldirildi


Iroq shimolida shu hafta davomida kechgan janglarda AQSh boshchiligidagi ittifoqchi kuchlar havo hujumlari natijasida “Islomiy davlat”ning 200 nafarga yaqin jangarilari o‘ldirildi, deya xabar beradi AQSh harbiylari.

Bag‘doddagi koalitsiya kuchlarining so‘zchisi, polkovnik Stiv Uorrenning aytishicha, 500 nafarga yaqin jangarilar 16 dekabr kuni Iroq shimolidagi Ninevah viloyatida kurd qo‘shinlari mavze’lariga hujum qilganlar.

Bunga javoban ittifoqchi kuchlar jangarilar ustiga 100ga yaqin bomba tashlagan.

"Birgina havo hujumlarida ularning 200 nafarga yaqini o‘ldirildi," dedi Stiv Uorren Pentagondagi muxbirlar bilan bo‘lib o‘tgan video muloqotda.

Uning ilova qilishicha, bu dushmanga berilgan kuchli zarbadir.

XS
SM
MD
LG