Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 02:52

Ukraina sharqida Stalin byusti o‘rnatildi


Ukraina sharqidagi Lugansk shahrida Iosif Stalinning byustini ochish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Hozirda Lugansk shahri rossiyaparast ayirmachilar nazorati ostidadir.

Sovet rahbarining bronza byusti Lugansk shahridagi «Luganshchina kommunistlari ittifoqi» jamoatchilik harakatining idorasi hududida o‘rnatildi.

Xabarlarga ko‘ra, yangi yil arafasida Rossiya Kommunist partiyasi vakillari Lugansk shahriga kelib, shahardagi vaziyatni o‘rgangan.

Hay’at a’zolaridan biri Kazbek Taysovning so‘zlariga ko‘ra, Stalin sharafiga byust o‘rnatilishi bu – "biz albatta qayta tiklayajagimiz byuk davlatga bo‘lgan hurmatimiz belgisidir".

Iosif Stalin Sovet Ittifoqida ommaviy qirg‘inlar va qatag‘onlar tashkilotchisi sifatida tanilgan.

XS
SM
MD
LG