Линклар

Шошилинч хабар
27 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:04

Yamandagi janglarda o‘nlab inson halok bo‘ldi


Yaman shimol-g‘arbida hukumat qo‘shinlari va isyonchilar o‘rtasidagi janglarda kamida 68 nafar odam halok bo‘ldi.

Harbiy manbalarning aytishicha, 19 dekabr kuni Saudiya chegarasiga yaqin Harad shaharchasida 28 nafar hukumat askarlari o‘ldirildi, Xusiy shia isyonchilari esa ularning 40 nafar jangchilari nobud bo‘lganini aytadi.

Xabarlarga ko‘ra, yana 40 nafar hukumat askarlari va 50 nafar Xusiy jangchilari yaralangan.

Harad shaharchasi shu hafta boshida hukumat qo‘shinlari tomonidan ishg‘ol etilgandi.

Shveytsariyada BMT vositachiligida Xusiy isyonchilari va hukumat o‘rtasida otashkesimga erishilgan esa-da, unga rioya qilinmayotir.

XS
SM
MD
LG