Линклар

Xitoy janubidagi Shenchjen shahrida yer ko‘chkisi oqibatida 22ta bino vayron bo‘ldi, 40 nafar odam bedarak ketdi.

Xitoy Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lum qilishicha, vayronalar ostidan 7 kishi qutqarib olingan.

Halokat joyida 1500 nafar qutqaruvchi ishlamoqda.

Qurbonlar haqida ma’lumot berilmagan.

Xabarlarga ko‘ra, 900 nafarga yaqin odam yer ko‘chkisidan oldin evakuatsiya qilingan.

Mahalliy hokimiyatning xabar berishicha, yer ko‘chkisi natijasida yonilg‘i quyish shaxobchalaridan birida portlash yuz bergan.

Xitoy hukumatiga ko‘ra, yer ko‘chkisi 20 ming kvadrat metrda kuzatilgan.

O‘tgan oy Chjetszyan viloyatida yuz bergan yer ko‘chkisida 38 odam nobud va 27ta uy vayron bo‘lgandi.

XS
SM
MD
LG