Линклар

logo-print

Afg‘on rasmiylari mamlakat janubidagi Hilmand viloyatida Tolibonning "tez sur’atlarda" ilgarilayotganidan xavotir izhor etib, viloyatdagi bir necha tuman jangari guruhga taslim bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Prezident Ashraf G‘aniyga Feysbuk orqali yo‘llangan ochiq maktubda Hilmand viloyati hokimining muovini Muhammad Jon Rasulyor Kobuldan zudlik bilan qo‘shimcha yordam kuchlari yuborishni so‘radi.

Rasulyorning yozishicha, Hilmandning Girishk va Sangin tumanlari Tolibon nazoratiga o‘tish arafasida turibdi.

Hilmandlik qonunshunos Abdulxay Oxunzodaning aytishicha, "hozirda viloyatning beshta tumanida qaqshatqich janglar kechmoqda va Tolibon tez sur’atlarda ilgarilayotir".

Afg‘oniston Mudofaa vazirining so‘zchisi, Davlat Vaziriy, Hilmandda janglar borayotganini taqdiqladi, ammo Tolibon katta talofot berganini aytdi.

Davlat Vaziriyga ko‘ra Hilmand viloyatida oxirgi bir kecha-kunduzda 150 nafar Tolibon jangarisi o‘ldirilgan.

Uning ilova qilishicha, to‘qnashuvlarda hukumat askarlaridan 11 nafari halok bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG