Линклар

logo-print

1972 yildan buyon ilk bor o‘tkazilgan go‘zallik tanlovining g‘olibiga ko‘ra, uning vazifasi "terrorizm va zo‘ravonliklarga qaramasdan, Iroqning go‘zallar mamlakati ekanini" namoyish etish.

20 yashar Shayma Qassim 19 dekabrda Bag‘doddagi mehmonxonalardan birida o‘tkazilgan go‘zallik tanlovining g‘olibi, deb topildi.

Kirkuklik talaba musobaqada qatnashgan to‘qqiz nafar qiz orasidan tanlab olindi.

Qassim ichki urushlar tufayli boshpanasiz qolgan bolalarga ta’lim berish orzusi borligini aytadi.

Tadbir Al-Mada nodavlat vaqfi tomonidan tashkillashtirildi.

"Al-Arabiya" televideniesining xabar berishicha, go‘zallik tanlovi dastlab oktyabr oyida o‘tkazish rejalashtirilgan, ammo mahalliy ulamolar va qabila rahbarlari e’tirozlari tufayli kechiktirilgan.

"Al-Arabiya"ga ko‘ra, noma’lum shaxslar tahdidi tufayli ikki qiz musobaqada ishtirok etmaslikka qaror qilgan.

XS
SM
MD
LG