Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:07

Putin yana Amerikaga qarshi bayonotlar bilan chiqdi


Yakshanba kuni "Rossiya 1" telekanaliga bergan intervyusida Putin yana Amerikaga qarshi bayonotlar bilan chiqdi.

Xususan, Putin fikriga ko‘ra, AQShning Yevropadagi taktik yadroviy quroli Rossiyaga katta tahdid soladi.

Putinning ishonishicha, o‘z suverenitetining bir qismini Qo‘shma Shtatlarga bergan Yevropa "mustaqil tashqi siyosat olib bormayapti".

Putinning aytishicha, “salbiy oqibatlar ehtimolidan himoyalanish uchun” Rossiya xalqaro sahnada o‘zini “bosiq” tutayapti.

Rossiya prezidentiga ko‘ra, AQSh bunday oqibatlar haqida o‘ylamaydi.

"Ular bu haqda o‘ylashmaydi, ular buyuk, okean ortida o‘tirishadi, dollar – jahon valyutasi, bu mamlakat dunyodagi eng yirik iqtisodiyotga ega ", – deya bayon qildi Putin.

Uning ta’kidlashicha, Rossiya "o‘z yadroviy qurolini mukammalashtiradi".

Biroq, Putin so‘zlariga ko‘ra, bu Kremlning “yadroviy tayoqni silkitishini" anglatmaydi.

XS
SM
MD
LG