Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:49

ID Saudiy Arabistoniga hujum bilan tahdid qildi


“Islomiy davlat” terror guruhi Saudiy Arabistoniga hujumlar uyushtirish bilan tahdid qilmoqda. Bu haqda ID jangarilarining jangovar faollik haqidagi haftalik hisobotida aytiladi, deya xabar qildi Royters agentligi.

Avvalroq Saudiy Arabistoni “Islomiy davlat” guruhiga qarshi kurash uchun aksilterror koalitsiyasini tashkil etgan, shundan so‘ng jangarilar bu koalitsiyaga kirgan mamlakatlar halokatiga sabab bo‘lishini bildirgandilar.

Bosh qarorgohi Ar-Riyodda bo‘lgan koalitsiyaga Qatar, Iordaniya, Turkiya va Misr doxil 34 mamlakat kirgan. Saudiy Arabistoni mudofaa vaziri Salmon as-Saudning bildirishicha, koalitsiya nafaqat “Islomiy davlat” guruhiga, balki “har qanaqa terror guruhiga” qarshi kurashadi hamda o‘z faoliyatini dunyodagi yetakchi davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan muvofiqlashtirilgan holda olib boradi.

XS
SM
MD
LG