Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:07

Putin: Rossiya Ukraina sharqidagi ruslarni millatchilarga yem qilib qo‘ymaydi


Prezident Vladimir Putin Rossiya Ukraina janubiy-sharqidagi ruslarni “millatchilar”ga yem qilib qo‘ymasligini bildirdi. Putinning bu bayonoti 20 dekabr kuni Rossiya telekanalida namoyish etilgan hujjatli filmda yangradi.

Moskva ukrain millatchilari Donbassda etnik ruslar va rusiyzabonlarga tahdid solayotganini iddao qilib keladi. Kremlь tomonidan dastaklanayotgan ayirmachilar bilan Kiev kuchlari o‘rtasida 2014 yil aprelidan buyon davom etib kelayotgan to‘qnashuvlarda bu mintaqada 9 mingdan ziyod odam nobud bo‘lgan.

“Biz bir fikrdan kelib chiqqan holda harakat qilayapmiz: biz mamlakat janubiy-sharqida yashaydigan odamlarni millatchilarga yem qilib tashlab qo‘yolmaymiz. Bu hecham haddan tashqari ish emas”, degan Putin o‘z pozitsiyasiga batafsil to‘xtalib o‘tirmadi.

Putin to‘qnashuvlarda Rossiya muntazam qo‘shinlari ishtirok etayotganiga oid ommaviy axborot vositalari va mustaqil ekspertlar tomonidan tarqatilayotgan ma’lumotlarni inkor qiladi. Biroq 18 dekabr kuni u Ukraina sharqida rus harbiylari muayyan vazifalarni bajargani jalb etilganini e’tirof etdi.

Putin, shuningdek, Rossiya yadro qurollarini ham takomillashtirishini, biroq “yadroviy tayoq bilan” tahdid qilish niyati yo‘qligini bildirdi.

XS
SM
MD
LG