Линклар

Rossiya samolyotlari Suriya shimolidagi isyonchilar nazorati ostida bo‘lgan Idlib shahrini bo‘mbabo‘ron qilishi oqibatida 43 kishi nobud bo‘ldi, deb yozadi Royters agentligi.

Boshqa ma’lumotlarga ko‘ra esa, rus uchoqlarining Idlibda gavjum bozor, uylar va ma’muriy binolarni havodan nishonga olishi oqibatida 36 kishi halok bo‘lgan.

Havo hujumi oqibatida 150 dan ziyod odam yarador bo‘lgani, ularning bir qismi Turkiyaga jo‘natilgani aytilmoqda.

Rossiya tomoni Idlibga havodan zarba berilganiga oid ma’lumotlarni hozircha tasdiqlagani yo‘q.

Sentyabr oyidan buyon Suriyaning turli joylarini bombalab kelayotgan Rossiya bu yerda faqat terrorchilar, avvalo, “Islomiy davlat” guruhi manzillari nishonga olinayotganini bildirgan.

Biroq Bashar Assadga muxolifatda bo‘lgan kuchlar rus uchoqlari asosan G‘arb tomonidan dastaklanayotgan isyonchi guruhlarni nishonga olayotganini ta’kidlamoqdalar.

XS
SM
MD
LG