Линклар

Rossiya sudi islomiy terrorchilikka aloqadorlikda gumonlanayotgan o‘zbekistonlik yigitni O‘zbekiston tergov idoralariga topshirish haqida qaror qildi. Oryol viloyati sudi 30 yoshli Shaxobiddin O‘rinovni islomiy terrorchilikka moliyaviy ko‘mak berganlikda aybdor, deb topgani to‘g‘risida Rossiya Bosh prokuraturasi xabar tarqatdi.

Prokuraturaga tayanib berilayotgan xabarlarda aytilishicha, O‘rinov 2009 yilda hali O‘zbekistondaligi paytida “Tablig‘chilar” tashkilotiga qo‘shilgan. 2012 yilning martida esa, “Turkiston Islomiy partiyasi” tashkilotiga a’zo bo‘lgan.

Moskvaga kelgach, 2012 yilning oktyabriga qadar “Turkiston Islomiy partiyasi”ga odam yollagan va pul to‘plagan.

Xabarda aytilishicha, appelyatsiya shikoyatlarida O‘rinov va uning advokati sud qaroriga e’tiroz bildirib, birinchi instansiya sudi jinoyat-protsessual qonunchiligini buzganini iddao qilishgan. Lekin Oryol viloyat sudi 2015 yil 25 avgustida chiqarilgan qarorni o‘zgarishsiz qoldirgan.

XS
SM
MD
LG