Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:26

Zep Blatter va Mishel Platini 8 yilga futboldan chetlatildi


Futbol uyushmalari xalqaro federatsyaisi – FIFA prezidenti Zepp Blatter va Evropa futbol uyushmalari ittifoqi – UEFA rahbari Mishel Platini sakkiz yillik muddatga futbol bilan bog‘liq faoliyatdan chetlatildi.

FIFAning Etika Qo‘mitasi 21 dekabr kuni ana shunday qaror qabul qildi. FIFA 2011 yilda Platiniga 2 million shveytsar franki (2,02 AQSh dollari) miqdorida pul bergani yuzasidan olib borilayotgan tergov bois Blatter bilan Platini oktyabr oyida 90 kunga vaqtincha vazifalaridan chetlatilgan edi.

Ikkovlon qonunga zid harakat qilmaganini aytib kelmoqda. 79 yoshli Blatter uchun sakkiz yillik sanksiya uning karerasiga nuqta qo‘yilganini anglatadi.

60 yoshli Platini uchun esa uzoq muddatga vazifasidan chetlatilgani uning FIFAga rahbar bo‘lish umidlarini puchga chiqaradi.

XS
SM
MD
LG