Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 12:52

Aloqa vazirligi mobil operatorlarga yangi yil kunlari aloqani ta’minlashni buyurdi


Mobil aloqa operatorlari yangi yil bayrami arafasida telefon aloqasining uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun tegishli choralarni ko‘rish bo‘yicha buyruq berildi. Axborot texnologiyalarini rivojlantirish va kommunikatsiya vazirligi e’lon qilgan bildirishnomada “yangi yil bayrami arafasida millionlab abonentlar qarindoshlari va yaqinlarini tabriklab qo‘ng‘iroq qilishi va SMS xabarlarini yo‘llashi hamda Internetdan faol foydalangani bois mobil aloqa tarmoqlariga bosim kuchayadi”, deya qayd etilgan.

Shu sababdan mobil aloqa operatorlari bayram kunlari tegishli choralarni ko‘rishi, jumladan navbatchilik tashkil etishi lozimligi uqtiriladi vazirlik bildirishnomasida.

Qayd etish joiz, O‘zbekistonda nafaqat bayram kunlari, umuman olganda mobil aloqa sifati sezilarli pasayganini kuzatish mumkin. Mobil aloqa mutaxassislari buni O‘zbekistonda, ayniqsa qish mavsumida elektr quvvati taqligi avj olishi oqibatida signal uzatuvchi antenna stansiyalaridagi uzilishlar bilan bog‘laydi.

XS
SM
MD
LG