Линклар

Шошилинч хабар
05 май 2024, Тошкент вақти: 00:22

Tolibon Helmand viloyatining Sangin tumanini ishg‘ol etdi


Tolibon jangarilari Afg‘oniston janubidagi Helmand viloyatida strategik ahamiyatga ega tumanlardan birinri egallab oldi. Helmand viloyati hokimining o‘rinbosari Muhammad Jon Rasulyarning 21 dekabr kuni bildirishicha, Tolibon jangarilari Sangin tumanini deyarli to‘laligicha ishg‘ol etishgan.

Rasulyarning aytishicha, hukumat armiyasi kuchlariga qarashli inshootlargina jangarilar nazoratidan holi qolmoqda. Janglar hamon davom etayotganini qo‘shimcha qildi rasmiy.

Kobulda prezident Ashraf G‘ani va Milliy birdamlik hukumati ijroiya raisi Abdulla Abdulla xavfsizlik masalalariga aloqador vazirlar bilan uchrashuvdan keyin “tezkor choralar” ko‘rilishini va’da qilishdi.

19 dekabr kuni Rasulyar Feysbuk orqali prezident G‘aniga murojaat etib, markaziy hukumat yordam ko‘rsatmasa, Helmand viloyati jangarilar nazoratiga o‘tishi mumkinligidan ogohlantirgan edi. U o‘tgan bir oy ichida ro‘y bergan janglarda mahalliy xavfsizlik idoralarining 90dan oshiq vakili halok bo‘lganini bildirdi.

Helmand viloyati Tolibon harakati uchun muhim hisoblanadi. Bu yerda yetishtiriladigan qora dori jangarilik harakatini moliyalashning asosiy manbalaridan biridir.

O‘tgan yili AQSh yetakchiligidagi xalqaro koalitsiya rasman jangovar missiyasini tugatishi ortida Afg‘oniston bo‘ylab zo‘ravonliklar ko‘lami oshgan.

XS
SM
MD
LG