Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:34

Dushanbedagi "Hojilar" oshxonasidan 5 ming dona “ekstazi” tabletkasi topildi


Tojikiston Respublikasi Narkotiklar noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish agentligi tarqatgan xabarga ko‘ra, ushbu idora xodimlari o‘tkazgan maxsus amaliyot chog‘ida poytaxt Dushanbening “Saxovat” bozorida joylashgan “Hojiyon” (“Hojilar”) oshoxonasi va bir kontrabandachi uyidan 5415 dona sintetik narkotik modda - “ekstazi” musodara etilgan.


Agentlik matbuot vakili Xushnud Rahmatulloyev 21 dekabr kuni Ozodlik bilan suhbatda bu 2015 yilda Tojikistonda musodara etilgan narkotik moddalarning eng yirik partiyasi ekanini ma’lum qildi.

Rahmatulloyev so‘zlariga ko‘ra, agentlik xodimlari "ekstazi" tabletkalarini tarqatish bilan shug‘ullangan shaxsni o‘tgan juma kuni “Saxovat” bozoridagi oshxonada ekstazi sotayotgan paytda ushlashgan.

Agentlik tergov ishlari olib borilayotgani tufayli qo‘lga olingan shaxs ismini oshkor etmayotir.

Xushnud Rahmatulloyevning aytishicha, agentlik xodimlari 46 yoshli bangifurushga o‘zlarini "ekstazi" xaridorlari sifatida taqdim etishgan.

Keyinchalik narkotikfurushning uyi va avtomobilidan yana 2 ming dona ekstazi tabletkalari musodara qilingan.

Dushanbe shahri Ro‘dakiy tumanida istiqomat qilgan mazkur shaxs "ekstazi" tablektalarini shaharning diskoteka va ko‘ngilochar maskanlarida sotishni rejalashtirgani aytiladi.

Unga nisbatan narkotik moddalarni saqlash, olib yurish va sotishga urinish ayblovi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Agentlik xodimlariga ko‘ra, 5000 dona ekstazi tabletkalarining mahalliy bozordagi qiymati kamida 80 ming AQSh dollarini tashkil etadi.

XS
SM
MD
LG