Линклар

Шошилинч хабар
02 май 2024, Тошкент вақти: 02:59

Toshkent hokimiyati poytaxtliklarga Yangi yilni uyda kutishni tavsiya qildi


Toshkent shahar hokimiyati poytaxtliklarga Yangi yil bayramini uylarida kutishni tavsiya qilmoqda, lekin restoranlarda bayram tantanalarini o‘tkazishga taqiq joriy etilmaganini ta’kidlamoqda.

Yarim rasmiy nashrlarning Toshkent hokimiyatiga tayanib xabar qilishicha, 31 dekabr kuni Toshkent shahridagi restoran va boshqa ko‘ngilochar muassasalarda o‘tkazilishi belgilangan marosimlarga taqiq joriy etilmagan. O‘tgan hafta matbuotda yangi yil kechasi restoran va kafelarni yopish to‘g‘risida yozma buyruq berilganiga oid xabarlar paydo bo‘lgan edi.

Hokimiyat vakillari bu xabarni inkor etish bilan birgalikda “yangi yil bayrami mamlakatimizda oila davrasida nishonlanishini esdan chiqarmaslik lozim va albatta Yangi yilni uyda kutib olgan yaxshi”, deya ta’kidlashdi. Toshkent ma’muriyati og‘zaki tarzda berilayotgan tavsiyadan maqsad poytaxtliklarning “bayramni yaxshi kayfiyatda o‘tkazishlarini” ko‘zlashini qayd etishgan.

O‘zbekistonda davlat idoralarining fuqarolar kundalik hayotiga aralashuvi, jumladan turli bayramlarni qanday kutib olishi borasida tavsiya berishi odatiy holga aylangan.

XS
SM
MD
LG