Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:05

YeI-Qozog‘iston hamkorlik bitimi imzolanishi arafasida Putin Ostona bilan munosabatlarni maqtadi


Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Moskva bilan Ostona o‘rtasidagi munosabatlarni yuqori baholadi. 21 dekabr kuni Ostona Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarni yaqinlashtirish bitimini imzolashidan bir necha soat oldin Moskvada Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan uchrashgan Putin “siyosatlarimizni uyg‘unlashtirish ustida ishlashni davom ettirmoqdamiz, jumladan bojxona va texnikaviy me’yorlar va boshqa sohalarda. Bular hammasi muqarrar ijobiy samara beradi”, dedi Putin.

Qozog‘iston Moskva yetakchiligidagi Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi tashkilotining asosiy ishtirokchilaridan biridir.

Putinning Nazarboyev bilan uchrashuvi Yevropa Ittifoqining Tashqi siyosat masalalari bo‘yicha komissari Frederika Mogerinining Ostonaga tashrifidan bir necha soat oldin bo‘lib o‘tdi. Mogerini Ostonada YeI va Qozog‘iston o‘rtasida Sheriklik va Hamkorilikni Kengaytirish kelishuvini imzolash marosimida qatnashadi.

Ostona va Bryussel bitimga erishishga qaratilgan to‘rt yillik muzokaralarni o‘tgan yili yakunlagan edi. YeI Markaziy Osiyoda iqtisodi eng yirik bo‘lgan Qozog‘iston bilan hamkorlikni kuchaytirish istagini bildirib keladi.

Imzolanishi kutilayotgan bitim YeIning Ukraina, Gruziya va Moldova kabi sharqiy qo‘shnilariga taklif etilgan Assotsiatsiya bitimidan ko‘ra sustroq maqomga ega. Lekin Markaziy Osiyo davlatlari yoki Rossiya bilan shu paytgacha erishilgan bitimlardan ko‘ra kuchliroq hisoblanadi.

XS
SM
MD
LG