Линклар

Ozodlikka Telegram orqali ovozli maktub jo‘natgan 75 yoshli kampir xola 300 ming so‘mga yetmaydigan pensiyasi plastik to‘lov kartasiga o‘tkazilgani shundoq og‘ir tirikchiligini yanada qiyinlashtirganidan shikoyat qildi. Kampir xolaning aytganlarini e’tiboringizga havola qilamiz.

Payariqlik 75 yoshli kampir xolaning aytganlari

Assalomu alaykum, men Payariq tumanidanman, 1941 yil tug‘ilganman. 75ga kiraman. O‘zi 75ga kirgan kampirlar qatori 300 ming – 290 ming pensiya olaman. Uni plastik qilib qo‘ygan. Oyoqlarim og‘riydi, ko‘zlarim xira. Pochtaga borsam, sizniki plastik deydi. Raysabezga (ijtimoiy ta’minot bo‘limi) borsam, birov sendan arizani senga kim yozib berdi, deb so‘rashsa, bilmayman, deb ayt deydi. Anavi Agrobank yozib bergan deydi. Agrobankka borsam, raysabez yozib bergan deydi. Pochtaga borsam, bilmaymiz, deydi. Pochtachi yozib bergan, deydi. Hamma bilan urushdim.

Men 75ga kirganda, uni (plastik kratochkani) duxturxonaga oborsam, dori olayin, deb borsam, dori narxining 10 foizini olib qoladi, 10 foizidan ko‘prog‘ini ham olib qoladi.

Magazinga borib, bir haftalik un olib berayin nevaralarimga, desam – kampirman jo‘jali uyimdagilar – bir haftalik un olib beray, desam, 130 ming-140ming so‘m un. Undan 10 foizini olib qolsa. 100 mingdan 10 ming olib qolsa, yana ziyodiyam bor. Bir halta un olgandan keyin mening dorimga ham yetmaydi.

73-75 yoshdagi nogiron xotinlar rosa ko‘p. Borib, raysabezga tikka turib shunday urushlar qilamiz. Baribir inobatga o‘tmadi. Qani aytingchi, shu rostmi – hammani birdek plastikka o‘tkazadi, degan gapi bor, kampir-yoshlarni.

Shu qariyalar yiliga sovg‘asimi bu O‘zbekistonning?!

XS
SM
MD
LG