Линклар

logo-print

Hyuman Rayts Wotch xalqaro huquq tashkiloti joriy yilning 30 sentyabridan Suriyada harbiy amaliyotlarni boshlagan Rossiya qurolli kuchlari kamida 20 marta taqiqlangan qurollarni qo‘llagani haqida bayonot tarqatdi.

Qarorgohi Nyu Yorkda joylashgan mazkur xalqaro tashkilot 9 hududda taqiqlangan kassetali o‘q-dorilarning ishlatilishi oqibatida tinch aholi vakillaridan kamida 35 kishi halok bo‘lganini bildirdi. Ma’lumotda aytilishicha, halok bo‘lganlarning besh nafari ayol, 17 nafari balog‘atga yetmagan boladir.Bundan tashqari, taqiqlangan qurollar bilan Rossiya va Suriya harbiylari qochqinlar lagerlariga ikki marta hujum qilgan.

20 dekabrda tarqatilgan bayonotda Hyuman Rayts Wotch kassetali o‘q-dorilar Rossiya harbiylari tomonidan Suriya muxolifatiga qarshi qilinayotgan hujumlarda qo‘llanilayotganini ma’lum qilgan.

BMT tashabbusi bilan dunyoning 118 davlati kassetali o‘q-dorilardan foydalanishni taqiqlash to‘g‘risidagi shartnomani imzolagan.

XS
SM
MD
LG